Imkoniyatlar
Bu sahifada dasturning joriy 2.6.0 versiyasida mavjud imkoniyatlar yozilgan.
Dastur smetani noldan tuzmaydi
PTO SMART ABC4 yoki TN kabi dasturlarda tayyorlangan smeta Excel fayllari (.xlsx, .xls) bilan ishlaydi va ulardan hujjatlar yasaydi.
Ф2 va Ф3
Ф2 generatori
Smetadan bajarilgan ishlar dalolatnomasi (Ф2) narx va summa formulalari bilan tuziladi.
- _ЛРВ va _РС bitta faylda yoki alohida fayllarda bo‘lishi mumkin; alohida bo‘lsa, yonidagi fayl o‘zi topiladi.
- Faylda Ф2 varag‘i bo‘lsa, uning shrift va stillari saqlangan holda to‘ldiriladi; bo‘lmasa, _ЛРВ dan yasaladi.
- ИТОГО bloki jadval ichida. Transport, tayyorlash-ombor, pudratchi xarajatlari va boshqa foizlarni oynada o‘zgartirish mumkin.
- Davrlar bo‘yicha (накопительный) Ф2: har bir davr alohida ustunlar blokida, oxirgi davrni qoldiq qilish mumkin.
- Materiallarni alohida varaqqa ajratish va papkadagi barcha smetalar uchun Ф2 yasash.
- Ф3 (spravka-schyot-faktura) shu faylga qo‘shiladi; shartnoma va tomonlar rekvizitlari bir marta kiritiladi.
- Narxi topilmagan qatorlar qizil bilan belgilanadi va «Muammolar» ro‘yxatida ko‘rsatiladi.
- Natija har doim yangi faylga saqlanadi, asl smeta o‘zgarmaydi.
Oferta
Tender ofertasi
Narxsiz _ЛРВ faylidan to‘liq _РС varag‘i va formulali Ф2 tayyorlanadi.
- Hudud, yil va kvartal tanlanadi; dastur shu davr kataloglari tayyorligini ko‘rsatadi.
- Ish haqi tanlangan hudud va kvartal bo‘yicha (12% ijtimoiy soliq bilan) olinadi.
- Mashina-mexanizmlar va materiallar narxi avval tayyor smetalar bazasidan, keyin katalogdan qidiriladi.
- Topilmagan narx qizil va bo‘sh qoladi, yonida katalogdagi eng yaqin taklif yoziladi.
- Bo‘sh narxlarni to‘ldirsangiz, Ф2 o‘zi qayta hisoblanadi: Ф2 narxlari _РС ga havola qiladi.
Akt
Yashirin ishlar dalolatnomasi
АКТ освидетельствования скрытых работ, ШНК 3.01.01-22, 6-ilova shakli bo‘yicha.
- Ishlar ro‘yxati smetadan (_ЛРВ yoki Ф2) materiallari bilan olinadi.
- Yashirin ishlarni avtomatik belgilash, qidirish va ro‘yxatdan qo‘shimcha akt qo‘shish.
- Har bir belgilangan ish alohida akt, alohida sahifada; raqamlar smeta tartibida.
- «Keyingi ishlar» qatoriga smetadagi keyingi ish nomi o‘zi yoziladi, uni o‘zgartirish mumkin.
- Obyekt, komissiya a’zolari va tashkilotlar bir marta to‘ldiriladi va eslab qolinadi.
- Natija Word (.docx) faylda.
Smeta
Smeta fayllari va narx kataloglari
Hujjatlar uchun manba — smeta fayli, narxlar uchun — dastur ichidagi kataloglar bazasi.
- ABC4 va TN dasturlarining Excel tuzilishi (_ЛРВ, _РС) hamda «№№» sarlavhali LRV/RES formati o‘qiladi.
- Kataloglar: materiallar (14 hudud), ish haqi, mashina-mexanizmlar, hududiy narxlar ro‘yxati va tayyor smetalarning _РС narxlari.
- Yangi kvartal chiqsa, faylni yoki butun papkani ko‘rsatasiz, fayl turi o‘zi aniqlanadi.
- Kataloglar internet talab qilmaydi: ular dastur bilan birga kompyuteringizda saqlanadi.
Hisob
Akkaunt va litsenziya
- Ro‘yxatdan o‘tish dastur ichida: ism, familiya, login, telefon, email va parol. Shundan keyin Trial beriladi.
- Kirish: login, email yoki telefon raqami bilan; Telegram orqali bir martalik kod bilan ham kirish mumkin.
- Parolni tiklash: emailga bir martalik havola yoki Telegram ulangan bo‘lsa, Telegram orqali kod.
- Litsenziya bo‘limida tarif, qolgan generatsiyalar, qurilmalar va muddat ko‘rinadi.
- Internet vaqtincha bo‘lmasa, dastur 72 soatgacha oflayn ishlaydi.
- Business tarifida egasi a’zolarni email yoki bir martalik kod orqali taklif qiladi.
- Interfeys uch xil: o‘zbek (lotin), o‘zbek (kirill) va rus tilida; kunduzgi va tungi mavzu.