Foydalanish shartlari
PTO SMART dasturi, akkaunt va shu saytdan foydalanish qoidalari.
Loyiha matni
Bu hujjat hali loyiha egasi va yurist tomonidan tasdiqlanmagan va rasmiy hujjat hisoblanmaydi. Tasdiqlangan matn shu sahifada e’lon qilinadi.
Akkaunt
- Ro‘yxatdan o‘tishda haqiqiy ma’lumot kiritiladi; login va telefon raqami boshqa akkauntda ishlatilmagan bo‘lishi kerak.
- Parol va Telegram orqali keladigan bir martalik kodlarni boshqalarga bermang.
- Trial bitta kompyuter va bitta akkauntga bir marta beriladi.
Dastur natijalari
PTO SMART hujjatlarni foydalanuvchi bergan smeta fayli va dastur kataloglari asosida tayyorlaydi. Tayyor hujjatlarni topshirishdan oldin tekshirish foydalanuvchining zimmasida; narxi topilmagan qatorlar dasturda alohida belgilanadi.
Taqiqlangan harakatlar
- Litsenziya tekshiruvini chetlab o‘tish, kompyuter soatini o‘zgartirib limitlarni aylanib o‘tish.
- Dasturni yoki License Key’ni ruxsatsiz tarqatish.
- Serverga avtomatlashtirilgan ortiqcha so‘rovlar yuborish.
Litsenziya
Tariflar va litsenziya qoidalari litsenziya shartlarida va tariflar sahifasida.